World Book Encyclopedia

Dunyo kitobi ensiklopediyasi

Ensiklopediyaning logotipi
Asl nomi The World Book Encyclopedia
Til inglizcha
Janr(lar)i ensiklopediya
Nashriyot World Book, Inc.
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1917 — bugun

World Book Encyclopedia“ (talaffuzi: Uorld Boʻk Ensayklopidiya), „Dunyo kitobi ensiklopediyasi“ — AQSHda chop etiladigan universal ensiklopediya. Ensiklopediya nashriyotiga koʻra, „Dunyo kitobi ensiklopediyasi“ „jahondagi eng bozori chaqqon bosma ensiklopediyadir“.[1] Ensiklopediyada ilmning asosiy sohalari muntazam tartibda yoritilgan. Xususan, ilm, texnika va tibbiyot sohalari boʻyicha maqolalar ayniqsa chuqur yozilgan.[2] „Dunyo kitobi ensiklopediyasi“da maqolalar soddaroq ingliz tilida yozilgan. Bunga qaramasdan, mavzular juda chuqur yoritilgan.[3] „Oilaviy“ ensiklopediya oʻlaroq sotiladigan ensiklopediya 15 yoshdan yuqori oʻquvchilarga moʻljallangan.[4]

Ensiklopediya nashriyoti Illinois shtatidagi Chicago shahrida joylashgan. Birinchi nashri 1917-yil chop etilgan va 8 jilddan iborat boʻlgan. Oʻsha paytdan beri har yili yangi nashr chiqarilib kelinmoqda. Faqat 1920-, 1924- va 1932-yillardagina yangi nashr chiqarilmagan. 1929-yilgi (13 jild), 1947-yilgi (19 jild), 1960-yilgi (20 jild) va 1988-yilgi (yangi font va sahifa dizayni hamda 10 000 ga yaqin muharrir oʻzgartirishlari) nashrlarda katta oʻzgartirishlar kiritilgan.[5]

1917-yilgi nashrni Hanson-Roach-Fowler Company (talaffuzi: Henson-Rooʻch-Fauler Kompani) chop etgan. Ikki yil ichida Dunyo kitobi W.F. Quarrie & Company (talaffuzi: Dablyoʻ Ef Kuori end Kompani) mulkiga aylangan. 1945-yil „Dunyo kitobi ensiklopediyasi“ Field Enterprises (talaffuzi: Fiild Enterprayzes) qoʻliga oʻtgan. 1978-yil Berkshire Hathaway (talaffuzi: Berkshayer Hatavey) xolding kompaniyasining boʻlimi Scott Fetzer (talaffuzi: Skot Fetzer) „Dunyo kitobi ensiklopediyasi“ni sotib olgan.

  1. „About World Book (Dunyo kitobi haqida)“. 2013-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 3-fevral. (Wayback Machine saytida 2013-02-18 sanasida arxivlangan)
  2. „Encyclopedias in English and Other Language (Ingliz va boshqa tillardagi ensiklopediyalar)“. Library Research Guides, Indiana University. 2012-yil 19-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 3-fevral. (Wayback Machine saytida 2012-06-19 sanasida arxivlangan)
  3. Encyclopedia (Ensiklopediya) Microsoft® Student 2009 [DVD]. Redmond, WA: Microsoft Corporation, 2008.
  4. „The World Book Encyclopedia 2012 (2012-yilgi „Dunyo kitobi ensiklopediyasi“)“. 2012-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 3-fevral. (Wayback Machine saytida 2012-04-15 sanasida arxivlangan)
  5. Kobasa, Paul A. „Encyclopedia (Ensiklopediya)“. World Book Online Reference Center (2008). 2012-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 13-yanvar. (Wayback Machine saytida 2012-03-06 sanasida arxivlangan)

© MMXXIII Rich X Search. We shall prevail. All rights reserved. Rich X Search